Янгиликлар
DXM hamda my.gov.uz orqali qoʻshimcha 200 ta davlat xizmatlarini koʻrsatish belgilanmoqda
DXM hamda my.gov.uz orqali qoʻshimcha 200 ta davlat xizmatlarini koʻrsatish belgilanmoqda
“2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi
Loyihada, jumladan, quyidagilar belgilanmoqda:
-davlat organlari va tashkilotlarining aholi va tadbirkorlarga koʻrsatiladigan servis xizmati sifatini oshirish borasidagi faoliyatini reyting baholash tizimini joriy etish;
-davlat organlari va tashkilotlari tomonidan anʼanaviy tarzda koʻrsatiladigan qoʻshimcha 200 ta davlat xizmatlarini DXM hamda YAIDXP (my.gov.uz) orqali koʻrsatish;
-aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari (nogironligi boʻlgan shaxslar, ogʻir bemorlar, keksalar va boshqalar)ga migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi davlat xizmatlarini doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyiga chiqish orqali, koʻrsatilgan xizmat uchun qoʻshimcha toʻlov undirilmagan holda koʻrsatish;
-elektr, gaz va suv sarfi hisoblagichlarini qiyoslashdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini proaktiv tarzda (xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning oʻz tashabbusi bilan fuqaro murojaatini kutmasdan) koʻrsatish.
Loyihada shuningdek, 2024-yil 1-yanvardan pensionerga hisoblangan, lekin oʻz vaqtida olinmagan pensiyani toʻlash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytirilishi nazarda tutilgan.
Angren shahar DXM aloqa operatori D.Tashmatova