Янгиликлар
Koʻchmas mulk boʻyicha aholimiz uchun yaxshi qulaylik
Koʻchmas mulk boʻyicha aholimiz uchun yaxshi qulaylik
Avvallari uy-joy, yer-mulk hujjatlari bilan bogʻliq muammolar eng ogʻriqli nuqtamiz edi. Bitta mulkka ikkita ega chiqib qolishi holati ham koʻpchilikni qiynardi.
Bugun raqamlashtirish tufayli mazkur muammolarga bosqichma-bosqich barham berilmoqda.
Hozirgi kunda my.gov.uz portalida roʻyxatdan oʻtganlar “Koʻchmas mulk obʻektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga ariza yuborish” xizmatidan foydalanish barobarida uning javobini tekshirish imkoniyatiga ham egadirlar.
“Davlat kadastr reyestridan koʻchmas mulk boʻyicha koʻchirmani tekshirish” xizmati toʻliq avtomatlashtirilgan boʻlib, foydalanuvchidan hech qanday hujjat talab etilmaydi.
Angren shahar Davlat Xizmatlari Markazi yetakchi mutaxassisi Saidov Bekzod