Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi


Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 02-sentabr “Kadastr sohasida ayrim davlatr xizmatlari koʻrsatishning maʻmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 535-son qarori qabul qilingan. Ushbu qarorga asosan Koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ishlab chiqilgan. Reglamentga muvofiq murojaatlar Davlat xizmatlar markazlari yoki yagona interaktiv xizmatlar portal (YIDXP) my.gov.uz orqali qabul qilinadi. Soʻronomaga ijara shartnomasi ilova qilinadi. Ushbu xizmatdan yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin.

Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun BHM 1,5 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.

Ariza 1 ish kunida koʻrib chiqiladi.

 

Angren shahar DXM yetakchi mutaxassisi M.Abdraimov