Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Ayrim tadbirkorlarga mol-mulkni sugʻurta qilish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.


Ayrim tadbirkorlarga mol-mulkni sugʻurta qilish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.

 

“Tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–21-son, 10.02.2023-y.) qabul qilindi

Farmonga koʻra, tadbirkorlar quyidagi mezonlar asosida toifalarga ajratildi:

-kichik tadbirkorlik subyektlari:

▫️yakka tartibdagi tadbirkorlar;

▫️mikrofirmalar – taʼsischilari jismoniy shaxslar boʻlgan hamda jami daromadi yil davomida 1 milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlar;

▫️kichik korxonalar – jami daromadi yil davomida 1 milliarddan 10 milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlar;

oʻrta tadbirkorlik subyektlari – jami daromadi yil davomida 10 milliarddan 100 milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlar;

yirik tadbirkorlik subyektlari – jami daromadi yil davomida 100 milliard soʻm va undan yuqori boʻlgan tadbirkorlar.

2023-yil 1-apreldan:

????1 yilda bir marotaba oʻrta tadbirkorlik subyektlariga mol-mulkni sugʻurta qilish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq BHMning 20 baravaridan oshmagan (6 mln soʻmgacha) qismi qoplab beriladi;

????daromadi 10 milliard soʻmdan kam boʻlmagan tadbirkorlar uchun davlat xaridlarida 20 foizlik kvota joriy etiladi;

???? davlat xaridlarida eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarida ishtirokchilar takliflarini baholashda QQS summasi inobatga olinmaydi;

???? yuqori qoʻshilgan qiymatli mis mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarning mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni tashqi bozorga sotish bilan bogʻliq xarajatlarini eksport qiymatining 6 foizigacha qoplash tartibi bekor qilinadi.

 

???? 2023-yil 1-maydan quyidagilar majburiy hisoblanadi:

➖avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida elektron oʻlchash uskunalari va onlayn video kameralarini oʻrnatish hamda ularni soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish;

➖paxta, gʻalla yoki sholini qabul qilish va hisobini yuritish boʻyicha axborot tizimlarining operatorlari oʻz tizimlarini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilishi.

Shuningdek, toʻlov xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar jismoniy shaxslar oʻrtasida pul oʻtkazmalari amalga oshirilganda, ularga koʻrsatilgan xizmatlar uchun (olingan haq, komissiya uchun “0” soʻm boʻlgan taqdirda ham) elektron hisobvaraq-fakturalar taqdim etadi va rasmiylashtiradi.

 

Angren shahar DXM bosh mutaxassisi N.Nazarova