Янгиликлар
Oʻzbekiston Respublikasining Konistitusiyaviy qonun loyihasida aynan sogʻliqni saqlash sohasida ham oʻzgarishlar nazarda tutilgan buni bilasizmi!
Oʻzbekiston Respublikasining Konistitusiyaviy qonun loyihasida aynan sogʻliqni saqlash sohasida ham oʻzgarishlar nazarda tutilgan buni bilasizmi!
Oʻzbekiston Respublikasining Konistitusiyaviy qonun loyihasining 40-moddaga Sogʻliqni saqlashga oid quyidagicha normalar qoʻshilyapti:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning qonunda belgilangan hamda tez va shoshilinch tibbiy yordamni ham oʻz ichiga oladigan kafolatlangan hajmini bepul olishga haqli.
Davlat sogʻliqni saqlashning davlat, xususiy va boshqa tizimlarini rivojlantirish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash, tibbiy sugʻurtaning turli shakllarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha zarur choralar koʻradi.
Davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va himoya qilish, ekologik muvozanatni saqlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Davlat Orolboʻyi mintaqasining ekologik tizimini himoya qilish va tiklash, uni ijtimoiy, iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish boʻyicha zarur choralar koʻradi- deb yangi Konistitusiyaviy qonun loyihasida belgilangan.
Bundan tashqari, Konstitutsiyaga 401-modda qoʻshilmoqda unga koʻra:
Har kim sogʻlom va qulay atrof-muhitga, uning holati haqidagi haqqoniy axborotga ega boʻlish hamda oʻz sogʻligʻiga yoki mol-mulkiga ekologik huquqbuzarlik tufayli yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi huquqiga ega.-deb belgilangan.
Ohangaron tuman adliya Joʻrayev Baxriddin
boʻlimi boshligʻi Nasriddinovich