Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Yangi Reglamentdan habaringiz bormi?


 

Yangi Reglamentdan habaringiz bormi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
19-noyabrdagi 693-son qarori bilan "Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy REGLAMENTI" tasdiqlangan boʻlib, mazkur qonun hujjatiga asosan 2022-yil 1-oktyabrdan keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga Davlat xizmatlari markazlari orqali sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalarni berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish tartibi joriy qilindi.

Bunda fuqarolar Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orkali Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish Agentligining tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimlariga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar olish uchun murojaat qilishlari mumkin.

Yoʻllanmalar quyidagi toifadagi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladi:

- urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;

- halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan oʻtmagan beva xotinlari (beva erlari);

- respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;

- chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron boʻlib qolgan shaxslar;

- yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar;

- I va II-guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, koʻzi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;

- oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar;

- yoshga doir pensiya oluvchilar.

Ariza berishda quyidagi xujjatlar talab qilinadi:

- imtiyozdan foydalanish xuquqini beruvchi hujjat (pensiya guvohnomasi, mavjud boʻlsa,

-    imtiyozni tasdiklovchi xujjatlar nusxasi;

- tibbiy maʼlumotnoma (davolovchi shifokor tomonidan beriladigan sanatoriy-sogʻlomlashtirish tavsiya etiladigan maʼlumotnoma.

Ariza yuborish bepul bulib, avtomatik tarzda arizaga javobi olinadi.

Yoʻllanmalar sanatoriylarning mavjud oʻrinlaridan kelib chiqqan xolda ajratilgan byudjet mablagʻlari doirasida navbat asosida beriladi, bunda urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar uchun sanatoriylarga yoʻllanmalar birinchi navbatda beriladi.

Yoʻllanmalar keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga 12 kunga beriladi va yoʻllanma olinganidan soʻng 5 kun ichida yoʻllanmalardan foydalanuvchi keksalar va nogironligi ulgan shaxslar tomonidan berilgan yullanma bekor boʻyicha sanatoriylarga murojaat kilinadi.

 

Ohangaron tuman Davlat xizmatlari

markazi direktori

       Kuchimova Shaxlo Xatamovna