Янгиликлар
Sport hakamlariga malaka toifasini berish qaysi xolatlarda rad etilishi mumkin?
Sport hakamlariga malaka toifasini berish qaysi xolatlarda rad etilishi mumkin?
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 364-son qarori bilan tasdiqlangan “Sport hakamlariga malaka toifasini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” ning 18-bandiga asosan Davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomada haqiqiy bo‘lmagan, soxta va noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;
davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik (bundan murojaat qilingan vaqtda ma’lumotlar qayta to‘g‘rilangan holatlar mustasno); sport hakami malaka toifalarini olish uchun belgilangan muddatdan oldin so‘rovnoma taqdim etilishi; mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq sport hakamlari malaka toifasini olish uchun lozim bo‘lgan talablarni bajarmasdan so‘rovnoma berilishi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
Ohangaron tuman adliya bo`limi davlat xizmatlari
markazi yetakchi mutaxassisi D.S.Ismailova