Янгиликлар
Yakka tartibdagi uy-joyni qurish va loyiha hujjatini kelishishda arxitektura-rejalashtirish topshirig`i (ART)ni ishlab chiqish talab etiladimi?
Yakka tartibdagi uy-joyni qurish va loyiha hujjatini kelishishda arxitektura-rejalashtirish topshirig`i (ART)ni ishlab chiqish talab etiladimi?
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan “Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning MA’MURIY REGLAMENTI” ning 2-bandi 3-xatboshiga asosan yakka tartibdagi uy-joyni qurish va loyiha hujjatini kelishishda ARTni ishlab chiqish va taqdim etish talab etilmasligi belgilangan. (ikki qavatdan yuqori, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno).
Ohangaron tuman adliya bo`limi davlat xizmatlari
markazi bo`lim boshlig`i A.M.Maxkamov