Янгиликлар
Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti qaysi hollarda rasmiylashtiriladi?
Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti qaysi hollarda rasmiylashtiriladi?
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning MA’MURIY REGLAMENTI” ning 4-bandiga asosan ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:
ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;
ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;
yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;
ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;
ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;
O‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.
Ohangaron tuman adliya bo`limi davlat xizmatlari
markazi bosh mutaxassisi B.P.Umarov