Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Ikki qavatdan yuqori bo‘lgan yakka tartibdagi uy-joylar qurish hamda rekonstruksiya qilish obyektining loyiha hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilishi shartmi?


Ikki qavatdan yuqori bo‘lgan yakka tartibdagi uy-joylar qurish hamda rekonstruksiya qilish obyektining loyiha hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilishi shartmi?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan “Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning MA’MURIY REGLAMENTI” ning 8-bandiga asosan ikki qavatdan yuqori bo‘lgan (tsokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan
12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan yakka tartibdagi uy-joylar va 300 metr kubdan ortiq bo‘lgan noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish obyektining loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan o‘tkaziladi hamda obyekt Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining hududiy inspeksiyalarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

 

Ohangaron tuman adliya bo`limi davlat

xizmatlari markazi yetakchi mutaxassisi                                          D.S.Ismailova