Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Subsidiya asosida olingan uy-joy krediti uchun yoʻnaltirilgan mablagʻdan daromad soligʻi olinmaydi


                                                                                                             

Subsidiya asosida olingan uy-joy krediti uchun yoʻnaltirilgan mablagʻdan daromad soligʻi olinmaydi

 

“Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–377-son, 22.09.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan uy-joy uchun subsidiya berilgan fuqarolarning ipoteka kreditlari va ularning foizlari uchun yoʻnaltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari daromad soligʻiga tortilmaydi.

Mazkur imtiyoz qarz oluvchi va birga qarz oluvchilar daromadining bir soliq davrida mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 80 baravaridan oshmagan qismiga tatbiq etiladi.

2023-yildan ipoteka kreditiga olingan mol-mulk olingan sanadan 36 oyda qayta sotilsa, kredit va foizlar uchun yoʻnaltirilgan daromad soliqqa tortiladi.

2022-yil 1-noyabrdan “korobka” holatdagi uy-joylar uchun ipoteka kreditlari hamda subsidiya ajratishga ruxsat beriladi.

Qaror bilan 2021-yilda berilgan subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomalarning amal qilish muddati 2022-yil 31-dekabrgacha uzaytirildi.

“Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJga banklar tomonidan aholiga berilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish uchun 3 yil muddatga 12 foiz stavkada va foiz toʻlovlarini har 6 oyda toʻlash sharti bilan 300 mlrd soʻmgacha byudjet ssudasi ajratiladi.

Uy-joylar va ipoteka kredit olishda fuqarolarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish uchun viloyatlar markazlarida ipoteka markazlari tashkil etiladi.

 

                                               Oxangaron tuman yuridik xizmat kursatish

                                               markazi boshligʻi

                                               Urazova Charos Ashuraliyevna