Янгиликлар
MAKTABDA TELEFON ISHLATISH MUMKINMI?
MAKTABDA TELEFON ISHLATISH MUMKINMI?
JAVOB:
Qonunchilikka asosan, oʻquv mashgʻulotlari va tadbirlar boshlanishidan oldin taʼlim oluvchilar telefonini oʻchirib qoʻyishi hamda sumkasiga solib qoʻyishi shart.
Taʼlim oluvchilarga quyidagilar qatʼiyan taqiqlanadi:
-telefonini boʻyniga osib olish, koʻkrak choʻntaklarida, shim, yubkalari choʻntaklarida va shu kabilarda saqlash;
- telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun taʼlim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;
Telefoni yordamida:
- atrofdagilarga zoʻravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targʻib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;
- taʼlim muassasasining nufuziga, shu jumladan, zoʻravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yoʻli bilan zarar yetkazish;
-Oʻquv mashgʻulotlari vaqtida telefon orqali soʻzlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni joʻnatish, telefonni stol ustiga qoʻyish, musiqa tinglash, surat va video tasvirlarni koʻrsatishda telefondan foydalanish, tasvir koʻrish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish, suratga olish va video tasvirga tushirish, telefon orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.
Oxangaron tuman yuridik xizmat kursatish
markazi boshligʻi
Urazova Charos Ashuraliyevna