Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Aytingchi, Tibbiyot muassasasi xodimlariga qanday moddiy rag`batlantirish turlari qo`llaniladi?


Aytingchi, Tibbiyot muassasasi xodimlariga qanday moddiy rag`batlantirish turlari qo`llaniladi?

Tibbiyot muassasasi xodimlariga moddiy rag‘batlantirishning quyidagi turlari qo‘llaniladi:

tibbiyot muassasasining yuqori malakali, alohida natijaga erishgan, halol va vijdonan ishlayotgan tibbiyot hamda farmatsevtika xodimlariga oylik lavozim maoshining 100 foizigacha hamda boshqa xodimlarga 75 foizigacha oylik ustamalar (keyingi o‘rinlarda oylik foizli ustamalar deb ataladi);

yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustamalar;

oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirish hisobiga ikkinchi smenada ishlovchi shifokor hamda hamshiralarga lavozim maoshining 30 foizigacha oylik qo‘shimcha ustamalar;

tibbiyot muassasalari barcha xodimlariga kasbiy va boshqa bayramlar munosabati bilan beriladigan mukofot pullari, shuningdek moddiy yordam pullari.

Siz kichik tadbirkorlik subyektlariga qaysilar kirishini bilasizmi?

yakka tartibdagi tadbirkorlar;

mikrofirmalar — ta’sischilari (ishtirokchilari) jismoniy shaxslar bo‘lgan hamda jami daromadi kalendar yil davomida 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari;

kichik korxonalar — jami daromadi kalendar yil davomida 1 milliard so‘mdan 10 milliard so‘mgacha bo‘lgan hamda ushbu kichik bandning uchinchi xatboshisidagi ta’sischilari (ishtirokchilari) yuridik shaxslar bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari

2023-yil 1-maydan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida elektron o‘lchash uskunalari va onlayn video kameralarini o‘rnatish hamda ularni soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish majburiy hisoblanashi to`g`risida xabardormisiz.

 

        Ohangaron tuman adliya bo‘limi

       Yuridik xizmat ko'rsatish markazi                     Tuxliyev Xamidullo         

                                                                                              Erkinovich