Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Maktabgacha ta’lim tashkilotida guruhlarni to‘ldirish tartibi bilasizmi?


Maktabgacha ta’lim tashkilotida guruhlarni to‘ldirish tartibi bilasizmi?

 

Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini to‘ldirish va bir guruhdan boshqasiga o‘tkazish har yili o‘quv yili boshlanishidan oldin amalga oshiriladi.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruhlar quyidagi miqdorda to‘ldiriladi:

3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan guruhlarda — ko‘pi bilan 30 nafar bola;

bolalar qisqa vaqt bo‘ladigan guruhlarda — ko‘pi bilan 30 nafar bola;

turli yoshdagi guruhlarda — ko‘pi bilan 25 nafar bola;

bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlarda — ko‘pi bilan 10 nafar bola.

Agar davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan joyda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga borishni xohlovchi maktabgacha yoshdagi bolalar soni 20 nafar boladan kam bo‘lsa va bu joyda boshqa davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda kam sonli bolalardan iborat guruhlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yiladi.

3 yoshdan katta bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan inklyuziv guruhlar rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarning toifasiga qarab to‘ldiriladi hamda ko‘pi bilan 25 nafar bola, shu jumladan rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan ko‘pi bilan 3 nafar bolani tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuvga ko‘ra guruhlarni ularni to‘ldirishning eng ko‘p miqdori oshirilgan holda tashkil etishga yo‘l qo‘yiladi.

            Ohangaron tuman adliya bo‘limi

       Yuridik xizmat ko'rsatish markazi                    Abduraxmonov G‘anisher

                                                                                 Shavkat o‘g‘li