Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish tartibi haqida bilasizmi ?


Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish tartibi haqida bilasizmi ?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13-maydagi 391-sonli “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori tasdiqlangan.

Ushbu qarorda “Umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risida”gi nizomning 7-bobida maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish va undan chiqarish tartibi belgilab qo’yilgan.

Mazkur nizomga asosan bolani maktabgacha ta’lim tashkilotlariga doimiy yoki vaqtincha qatnashga qabul qilish ushbu tashkilotda bo‘sh joylar bo‘lsa, kalendar yil davomida quyidagilar asosida amalga oshiriladi:

bola qonuniy vakilining arizasi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli organ bergan yo‘llanma (davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun);

bola sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma asos hisoblanadi.

Ohangaron tuman Adliya bo’limi

yuridik xizmat ko`rsatish markazi

bosh yuriskonulti                                                            G‘. Abduraxmonov