Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Bilasizmi kimlar yoshga doir pensiyaga muddatidan oldin chiqishi mumkin?


Bilasizmi kimlar yoshga doir pensiyaga muddatidan oldin chiqishi mumkin?

 

Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisidagi qonunning 14-moddasiga koʻra texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar:

- Erkaklar — 58 yoshga toʻlganda va ish staji kamida 25-yil boʻlgan taqdirda;

- Ayollar — 53 yoshga toʻlganda va ish staji kamida 20-yil boʻlgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega boʻladilar deb belgilangan.

 

   Demak, ish o’rni qisqartiriladigan xodim pensiyaga chiqishi uchun mehnat birjasiga murojaat qilishi va u yerda ishsiz deb roʻyxatga olinganidan keyin pensiya yoshiga yetmasdan xam pensiyaga chiqishi mumkin boʻladi. Agar mehnat birjasi shaxsga maqbul keladigan ish topib bersa yana yetmagan ish stajini ishlab berishi kerak bo’ladi..

 

        Ohangaron tuman Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti

        Aktamova Sitora O’tkir qizi