Янгиликлар
Farzandini xususiy bog’cha va maktablarga beradigan ota-onalarga qanday soliq imtiyozi belgilanadi?
Farzandini xususiy bog’cha va maktablarga beradigan ota-onalarga qanday soliq imtiyozi belgilanadi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni loyihasida 2022 yil 1 apreldan boshlab nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlari daromad solig‘idan ozod etilishi belgilangan. Faqat buning uchun ota-onalar xususiy bogʻcha yoki maktabga qilgan toʻlovlari haqidagi kvitansiyalarini saqlab qoʻygan boʻlishlari kerak boʻladi. Yil oxirida ular daromadlar haqida deklaratsiya bilan birga barcha kvitansiyalarni soliq idorasiga taqdim etishadi va ortiqcha toʻlangan daromad soligʻi qismini bitta qilib qaytarib olishadi.
Ohangaron tuman Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti
Aktamova Sitora O’tkir qizi