Янгиликлар
Olib qoʻyilgan yerdagi dov-daraxtlarning bozor qiymati qoplab beriladi
Olib qoʻyilgan yerdagi dov-daraxtlarning bozor qiymati qoplab beriladi
Qonunchilikka koʻra, yer uchastkasi olib qoʻyilishi munosabati bilan quyidagilar kompensatsiya qilinadi:
- olib qoʻyilgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulkning bozor qiymati;
- olib qoʻyilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati (bundan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalariga boʻlgan ijara huquqi mustasno);
- olib qoʻyilgan yer uchastkasidagi koʻp yillik dov-daraxtlarning bozor qiymati;
- koʻchish, shu jumladan boshqa koʻchmas mulk obyektini vaqtinchalik ijaraga olish bilan bogʻliq xarajatlar;
- yer uchastkasidan va unda joylashgan koʻchmas mulk obyektlaridan foydalanishdan olinishi mumkin boʻlgan boy berilgan foyda;
Bunda yer uchastkasi va unda joylashgan koʻchmas mulk obyektlari boʻshatib qoʻyilgan paytdan eʼtiboran avvalgi faoliyatni tiklashga qadar boʻlgan, biroq bir yildan ortiq boʻlmagan muddatdagi foyda yoki mavsumiy hosildan olinishi mumkin boʻlgan foyda hisobga olinadi;
- huquq egasining qonunchilikda yoki kelishuvda nazarda tutilgan boshqa xarajatlari va zararlari.
Nurafshon shahar adliya bo’limi xodim Sh.Usmonov