Янгиликлар
Energiya ta’minoti shartnomasini tuzish va muddatini uzaytirish
Energiya ta’minoti shartnomasini tuzish va muddatini uzaytirish
Amaldagi Fuqarolik kodeksiga ko’ra energiya ta’minoti shartnomasi energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tarmoqlariga qonunchilikda belgilangan tartibda ulangan energiya qurilmasi, shuningdek energiya iste’molini hisobga olish uskunalari va asboblari mavjud bo‘lgan abonent bilan tuziladi. Energiya ta’minoti shartnomasiga muvofiq energiyadan turmushda foydalanadigan fuqaro abonent bo‘lgan taqdirda, abonent tarmoqqa belgilangan tartibda amalda birinchi marta ulangan paytdan boshlab u bilan shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Energiya ta’minoti shartnomasining muddati tugagach, taraflardan biri uni bekor qilish yoki o‘zgartirish haqida ariza bermasa, u shartnomada nazarda tutilgan muddatga va shartlarda uzaytirilgan hisoblanadi. Shartnoma yangi muddatga uzaytirilganida uning shartlari taraflar kelishuviga binoan o‘zgartirilishi mumkin.
Agar taraflardan biri shartnomaning amal qilish muddati tugashidan oldin yangi shartnoma tuzish haqida taklif kiritsa, taraflarning o‘zaro munosabatlari yangi shartnoma tuzilgunga qadar avval tuzilgan shartnoma bilan tartibga solib turiladi. Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tutashtirilgan tarmoq orqali abonentga energiya ta’minoti shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda va taraflar kelishgan energiya berish tartibiga amal qilgan holda energiya berishi lozim. Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot bergan va abonent qabul qilgan energiya miqdori o‘lchov asboblari ko‘rsatkichlari bilan aniqlanadi.
Nurafshon shahar adliya bo’limi xodimi M.Sultonov