Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Uy-joy uchun subsidiya olish uchun ariza berish tartibi


Uy-joy uchun subsidiya olish uchun ariza berish tartibi

Vazirlar Mahkamasining 182-son qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida” gi Nizomga ko’ra, hududlarda qurilgan birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga ajratiladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya to‘lanadigan talabgorlar komissiya va mas’ul tashkilotlar tomonidan qonuniylik, shaffoflik, adolat va haqqoniylik tamoyillari asosida tanlanadi.

Bunda ariza beruvchi ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. O‘zi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Nizomga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun anketa-arizani elektron tarzda to‘ldiradi.

Nurafshon shahar adliya bo’limi DXM direktori M.Sultonov