Янгиликлар
Ichki o‘rindoshlik va uning miqdori
Ichki o‘rindoshlik va uning miqdori
O‘rindoshlik asosida ishlovchi jismoniy shaxslarning mehnat munosabatlari “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom bilan tartibga solinadi (VMning 2012 yil 18 oktyabrdagi 297-son qaroriga ilova, keyingi o‘rinlarda – Nizom). Nizomning 7-bandiga ko‘ra, o‘rindoshlik asosida ishlashda o‘rindoshlik asosida ishlashning davomiyligi xodimlarning ushbu toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq bo‘lishi mumkin emas (sog‘liqni saqlash tizimi vrach xodimlari bundan mustasno).
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, siz asosiy ish joyingizda 1 stavkada ishlasangiz, o‘rindoshlik asosida yana 1 stavkagacha ishlashga haqlisiz, ya'ni tibbiyot xodimi bo‘lganingiz sababli.
Shuni aytib o‘tish joizki, Mehnati kodeksida ish joyi sonlari bo‘yicha cheklovlar o‘rnatilmagan. Ishchi, o‘z xoxishiga ko‘ra, bir necha tashkilotlarda ishlashga haqli, faqat ish vaqti davomiyligi jami 1,5 stavkadan oshmasligi, tibbiyot xodimlari uchun esa 2 stavkadan oshmasligi lozim.
Quyi Chirchiq tuman adliya bo‘limi FHDYo mudiri
Xabibulla Sattarov