Янгиликлар
Sirtqi ta'limda tahsil oluvchi talabaning mehnat qilish huquqi
Sirtqi ta'limda tahsil oluvchi talabaning mehnat qilish huquqi
“Oliy ta'lim to‘g‘risida”gi Nizomda Bakalavriat – oliy ta'lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha fundamental nazariy va amaliy bilimlar beradigan tayanch oliy ta'lim hisoblanishi, bakalavriat ta'lim yo‘nalishida o‘qitish kunduzgi, sirtqi, maxsus sirtqi hamda ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumot olish ta'lim shaklida amalga oshirilishi belgilangan.
Shuningdek, Nizomning 11-bandida oliy ta'lim tizimi bakalavr va magistratura bosqichlarga bo‘linishi hamda ushbu ta'lim muassasiga muvaffaqiyatli qabul qilinganlarga, talaba maqomiga ega bo‘lishi belgilangan.
Oliy ta'lim to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 1222, 2003 yil 22 fevral) 50-bandiga muvofiq, o‘quv yurtida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishdan bo‘sh vaqtida oliy ta'lim muassasasida va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlashiga ruxsat etiladi.
Shunga ko‘ra, oliy ta'lim muassasasida o‘qish bilan birga korxona, tashkilotlarda ishlash mehnat qonunchiligida taqiqlanmagan.
Bu ish joyi talaba uchun to‘liqsiz ish vaqti (to‘liqsiz ish kuni) (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 119-moddasi) sharti bilan asosiy ish joyi bo‘ladi. Mehnat shartnomasida uning ish vaqtini ko‘rsatish lozim.
Siz ham bakalavrda o‘qiyotganligingizni inobatga olsadigan bulsak, Siz ham boshqa ta'lim shaklida o‘qiydigan talabalar singari mehnat qilish huquqiga egasiz.
Quyi Chirchiq tuman adliya bo‘limi boshlig‘i
Jo‘shqin Badalov