Янгиликлар
Homiladorlik ta'tiliga chiqqan xodimlarning ish joyi saqlanishi
Homiladorlik ta'tiliga chiqqan xodimlarning ish joyi saqlanishi
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 233-moddasida ko‘rsatilib o‘tilganidek, yollarga tuqqunga qadar yetmish kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda — yetmish kalendar kun) muddati bilan homiladorlik va tug‘ish ta'tillari berilib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lanishi ko‘rsatilib o‘tilgan. Kodeksning 234-moddasida xomiladorlik va tug‘ish ta'tili tugaganidan keyin ayolning xohishiga ko‘ra, unga bolasi ikki yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ta'til berilib, bu davrda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nafaqa to‘lanishi belgilangan. Shu bilan birga ushbu moddaning 5-qismida bolani parvarishlash ta'tillari davrida ayolning ish joyi (lavozimi) saqlanadi deb belgilangan.
Mehnat kodeksining 237-moddasida homilador ayollar va uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, korxonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno, bunday hollarda mehnat shartnomasi ularni albatta ishga joylashtirish sharti bilan bekor qilinadi deb ko‘rsatib o‘tilgan.
Yuqoridagi normalarga asosan turmush o‘rtog‘ingizning ish o‘rni saqlanadi. Shu bilan birga ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi. Korxona tugatilgan hollarda esa turmush o‘rtog‘ingiz imtiyozga ega bo‘ladi.
Quyi Chirchiq tuman adliya bo‘limi DHM xodimi
Xurshida Bakirova