Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Shtat jadvali qisqarganligi sababli ishdan bo‘shatilgan xodimga kompensatsiya to‘lash


Shtat jadvali qisqarganligi sababli ishdan bo‘shatilgan xodimga kompensatsiya to‘lash

Shtatlar qisqarishi natijasida xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish ham (Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 1-bandi) ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish hisoblanadi.

Mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismining 1-bandi bo‘yicha bekor qilinganda quyidagilar to‘lanadi (bularning hammasini xodimning so‘nggi ish kunida qilish kerak):

1. ogohlantirish muddati almashtirilgan taqdirda - mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi ogohlantirish muddati tugashigacha qolgan vaqtga mutanosib ravishda pullik kompensatsiya (Mehnat kodeksining 102-moddasining ikkinchi qismi);

2. o‘rtacha oylik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda ishdan bo‘shatish nafaqasi (Mehnat kodeksining 109-moddasi);

3. mehnat shartnomasini bekor qilish kuniga tegishli ish haqi (hisob-kitob qilinadi) (Mehnat kodeksining 110-moddasi);

4. foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qo‘shimcha ta'tillar uchun pullik kompensatsiya (Mehnat kodeksining 151-moddasi).

5. ogoxlantirish muddati davomida boshqa ish qidirish uchun haftada kamida 1 kun shu vaqt uchun ish haqi saqlangan holda ishga chiqmaslikni

Ish qidirish davrida (mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin) ishdan qisqartirilayotgan xodimning oylik ishdan bo‘shatish nafaqasini hisobga olgan holda o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi, biroq u 2 oydan oshmasligi kerak (Mehnat kodeksining 67-moddasi). Shuni ham aytib o‘tish kerak, agar mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan boshlab 10 kalendar kun mobaynida Markazda ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, Markaz bergan ma'lumotnomaga binoan 3-oy uchun ham oldingi ish joyidan o‘rtacha ish haqi olish huhuqiga ega bo‘ladi.

Demak, sizga ham berilishi kerak

Shuni ham unutmangki, mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish dalillari bo‘yicha siz tashkilotingiz harakatlarining mehnat qonunchiligiga muvofiqligini tekshirish talabi bilan Davlat mehnat huquq inspeksiyasiga yoki mehnat qonunchiligining aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazorat va kuzatuvni amalga oshiradigan prokuratura organlariga murojaat qilishga haqlisiz.

 

Quyi Chirchiq tumani adliya bo‘limi boshlig‘i

Jo‘shqin Badalov