Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Maktab o‘qituvchisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi


Maktab o‘qituvchisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi

Ish beruvchi o‘z tashabbusiga ko‘ra xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkin bo‘lgan sabablar Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismida bayon etilgan. Unga ko‘ra:

1. texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi;

2. xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi yoki sog‘lig‘i holatiga ko‘ra bajarayotgan ishiga noloyiq bo‘lib qolishi;

3. xodimning o‘z mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganligi. Avval mehnat

vazifalarini buzganligi uchun xodim intizomiy yoki moddiy javobgarlikka tortilgan

yoxud unga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda

tutilgan ta'sir choralari qo‘llanilgan kundan e'tiboran bir yil mobaynida xodim

tomonidan takroran intizomga xilof nojo‘ya harakat sodir qilinishi mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzish hisoblanadi;

4. xodimning o‘z mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi.

5. o‘rindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodimning ishga qabul qilinishi munosabati bilan, shuningdek mehnat shartlariga ko‘ra o‘rindoshlik ishi cheklanishi sababli o‘rindoshlar bilan mehnat shartnomasining bekor qilinganligi;

6. korxona rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo‘lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mulkdorning almashishi sababli bekor qilinganligi.

Mazkur asos bo‘yicha mehnat shartnomasini korxona mulk qilib olingan kundan boshlab uch oy mobaynida bekor qilishga yo‘l qo‘yiladi. Xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar hamda boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta'tillarda bo‘lgan vaqti, uzrli sabablarga ko‘ra ishda bo‘lmagan boshqa davrlari bu muddatga kiritilmaydi;

7. xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi, qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi mavjud bo‘lganda.

Mazkur ro‘yxat tugal bo‘lib, uning doirasidan chiqishga mulkchilik shaklidan qat'i nazar hyech bir tashkilotga qat'iyan yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Quyi Chirchiq tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi

Zafar Jumonov