Янгиликлар
Intizomiy chora qo‘llanilgan xodimga mukofot berish
Intizomiy chora qo‘llanilgan xodimga mukofot berish
Mehnat Kodeksining 180-modda 3-qismiga ko‘ra ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va mehnat haqi tizimida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar rag‘batlantirish turlariga kirmaydi.
Demak, to‘lovlar (ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va boshqa to‘lovlar) mehnat haqi tizimiga kiritilgan bo‘lsa – bu to‘lovlar rag‘batlantirish turlariga kirmaydi va intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan xodimlarga nisbatan - qayd etilgan to‘lovlar qo‘llaniladi.
Aksincha, mehnat haqi tizimiga kiritilmagan bo‘lsa, intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida (183-modda) xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilmaydi. Bu masalaga oydinlik kiritish, ya'ni, amalga oshirilayotgan to‘lovlar qaysi tizimdan to‘lanayotganligini bilish uchun korxonangizdagi xodimlarning vakillik organiga xamda moliya-iqtisod bo‘limlariga murojaat qilishingiz maqsadga muvofiqdir.
Shuni unutmang, mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish dalillari bo‘yicha siz tashkilotingiz harakatlarining mehnat qonunchiligiga muvofiqligini tekshirish talabi bilan Davlat mehnat huquq inspeksiyasiga yoki mehnat qonunchiligining aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazorat va kuzatuvni amalga oshiradigan prokuratura organlariga murojaat qilishga haqlisiz.
Quyi Chirchiq tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi
Zafar Jumonov