Янгиликлар
Ko‘p bolali, yagona boquvchi bo‘lgan xodimlarni qisqartirish asosida ishdan bo‘shatish
Ko‘p bolali, yagona boquvchi bo‘lgan xodimlarni qisqartirish asosida ishdan bo‘shatish
Bu borada korxonada shtatlar qisqarishi holatida ishdan bo‘shatilayotgan xodimlar masalasida Mehnat kodeksining 103-moddasiga muvofiq ayrim xodimlarga ishda qolishda imtiyozli huquq berilgan.Qarang, mazkur 103-moddaga asosan xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinayotganda ishda qoldirish uchun imtiyoz birinchi navbatda malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq bo‘lgan xodimlarga beriladi.
Mehnat kodeksi 103-moddasining ikkinchi qismi 1-bandiga asosan, agar xodimlarning malakasi va mehnat unumdorligi bir xil bo‘lgan taqdirda shtat qisqarayotganda ishda qolish borasidagi dastlabki imtiyoz aynan qaramog‘ida ikki yoki undan ortiq kishi bo‘lgan xodimlarga beriladi, ya'ni ular ishda qolishi mumkin bo‘ladi.
Ya'ni, ushbu qoidalarga muvofiq, ish o‘rinlari qisman qisqarayotgan bo‘lsa, agar turmush o‘rtog‘ingizning malakasi va unumdorligi boshqa xodimlarga qaraganda yuqori bo‘lsa, yoki malakasi va unumdorligi bir xil bo‘la turib, qaramog‘ida o‘zingiz aytganizdek, ikki yoki undan ortiq kishilar bo‘lsa, unda ishda qolishda imtiyozli huquq bor.
Bundan tashqari, bir narsani bilish kerakki, Mehnat kodeksining 92-moddasiga asosan ish beruvchi:
– ish o‘rni qisqarayotgan turmush o‘rtog‘ingizga avval mutaxassisligi va malakasiga muvofiq keladigan ishni bunday ish bo‘lmagan taqdirda esa,
— korxonada mavjud bo‘lgan boshqa ishni taklif etishi shart;
– xodim boshqa ishga o‘tishdan bosh tortgan yoki korxonada muvofiq keladigan ish bo‘lmagan taqdirda, mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin bo‘ladi.
Quyi Chirchiq tuman adliya bo‘limi YuXKM rahbari
Shavkat Suleymanov