Янгиликлар
VOYAGA YETMAGANLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARINI TAʼMINLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH
VOYAGA YETMAGANLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARINI TAʼMINLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Mamlakatimizda voyaga yetmaganlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 45-moddasida “Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat himoyasida” ekanligi hamda 64-moddasida “Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburiyligi” mustahkamlab qo‘yilgan.
O‘zbekiston MDH davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib 1992 yili «Bola huquqlari to‘g‘risida»gi Konvensiyani ratifikatsiya qildi. Milliy qonunchiligimizni konvensiya qoidalariga implementatsiya qilish asnosida 2008 yil 7 yanvarda «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi.
Ayniqsa, so‘ngi yillarda mamlakatimizda voyaga yetmaganlarning huquq va erkinliklarini taʼminlash bilan bog‘liq islohotlar natijasi halqaro hamjamiyat tomonidan ham munosib baholanmoqda.
Xususan, Xalqaro Mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirgan monitoring natijasida hamda dunyo hamjamiyati vakillari bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha O‘zbekistonda ijobiy ishlar qilinganini eʼtirof etdi. 2019 yilning 1 aprelida Bryussel shahrida eʼlon qilingan Xalqaro mehnat tashkilotining hisobotida Jahon banki O‘zbekiston paxta sanoatida bolalar va majburiy mehnatdan tizimli foydalanishga barham berilgani eʼlon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 75-sessiyasida o‘zbek tilida nutq so‘zlab unda inson huquqlari sohasidagi holat ham butunlay o‘zgarganligi hamda majburiy va bolalar mehnati to‘liq tugatilganligi maʼlum qilindi.
BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi talablariga rioya etilishini taʼminlash maqsadida 2019 yilning 22 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlari kafolatlarini yana-da kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4296-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari — Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimi joriy etildi va Kotibiyat tuzilmasida bola huquqlarini taʼminlash faoliyatiga ko‘maklashuvchi yangi sektor tuzildi.
BMTning voyaga yetmaganlar orasida jinoyatning oldini olish uchun boshqaruv prinsiplarining (Ar-Riyod boshqaruv prinsiplari) 12-bandida oila bolalarni jamiyatdagi hayotga tayyorlash uchun masʼul bo‘lgan asosiy birlik bo‘lgani uchun, hukumat va jamoat institutlari oilaning, butunligini saqlashga harakat qilishlari kerakligi, jamiyat oilalarga bolalarni parvarish qilish va himoya qilish, ularning jismoniy va ruhiy salomatligini yaxshilashda yordam berishga majburligi, bolalar uchun kunduzgi parvarishlashni o‘z ichiga olgan holda, yetarli darajada choralar ko‘rish kerakligi taʼkidlangan.
- voyaga yetmagan tomonidan huquqbuzarlik sodir etilmagan bo‘lsada, uning yaqin qarindoshlarining murojaatiga asosan maxsus turdagi o‘quv muassasasiga voyaga yetguniga qadar joylashtirilayotganligi;
Ar-Riyod boshqaruv prinsiplarining 46-bandida voyaga yetmaganlarni taʼlim va axloq tuzatish muassasalariga joylashtirish eng so‘nggi chora sifatida va eng kam zarur muddat davomida, ularning eng ustun manfaatlari bo‘yicha belgilanishi lozimligi taʼkidlangan.
Quyi Chirchiq tuman adliya bo‘limi DHM xodimi
Xurshida Bakirova