Янгиликлар
Mol-mulkni hadya va vasiyat qilish tartibi va jarayoni haqida bilasizmi ?
Mol-mulkni hadya va vasiyat qilish tartibi va jarayoni haqida bilasizmi ?
Fuqaroning o‘ziga tegishli mol-mulkni yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqini vafot etgan taqdirda tasarruf etish xususidagi xohish-irodasi vasiyat deb e'tirof qilinadi. Meros qoldiruvchi (mol-mulk egasi) vasiyat qilayotgan paytida har qanday mol-mulk, hatto o‘ziga tegishli bo‘lmagan mol-mulk to‘g‘risidagi farmoyishni o‘z ichiga oladigan vasiyatnoma tuzishga haqli (Fuqarolik kodeksining 1120-moddasi). Ko‘chmas mulkni hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. Shu sababli hadya shartnomasi va vasiyat turli narsalar hisoblanadi. Ko‘chmas mulk (masalan, kvartira) hadya qilinganda u shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin mulkka o‘tadi. Bunda hadya qilingandan keyin hadya qiluvchining mazkur mol-mulkka nisbatan hyech qanday daxli qolmaydi. Va agar kvartira hadya qilinsa, undan mahrum bo‘lish xavfi mavjud. Mazkur holda hadya olayotgan shaxsning halolligiga ishonch hosil qilish kerak, xolos.Vasiyatnoma rasmiylashtirilayotganda esa mol-mulk unda ko‘rsatilgan shaxs mulkiga vasiyat qiluvchining vafoti va vorislik huquqlari rasmiylashtirilgandan keyingina o‘tadi. Hadya oluvchi hadyadan faqat u o‘ziga topshirilgunga qadar istagan vaqtida uni rad etishga haqli (FKning 503-moddasi).
Quyi Chirchiq tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi
Zafar Jumonov