Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Jamoat joylari deganda nima tushuniladi?


Jamoat joylari deganda nima tushuniladi?

Qonunchilikka muvofiq, quyidagilar jamoat joylari hisoblanadi

– statsionar savdo ob'ektlari, umumiy ovqatlanish korxonalari;

– kinoteatrlar, teatrlar, sirklar, konsert, ko‘rik va ko‘rgazma zallari hamda ommaviy dam olish uchun yopiq inshootlar;

– klublar, diskotekalar, kompyuter zallari, Internet xizmatlari ko‘rsatish uchun jihozlangan xonalar yoxud boshqa ko‘ngilochar joylar;

– muzeylar, axborot-kutubxona muassasalari va ma'ruzaxonalar;

– mahalliy va uzoqqa qatnaydigan poezdlar, shahar atrofiga qatnaydigan poezdlarning vagonlari, daryo kemalari, shahar, shahar atrofiga, shaharlararo va xalqaro qatnaydigan avtobuslar, taksilar, yo‘nalishli taksilar hamda shahar elektr transporti, havo kemalari;

– yer osti o‘tish joylari, transport bekatlari va avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylari;

– aeroportlarning, temir yo‘l, avtomobil vokzallarining va suv transporti bekatlarining binolari;

– davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning binolari;

– sog‘liqni saqlash tizimi muassasalari va tashkilotlari, ta'lim muassasalari, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari;

– ish joylari bo‘lgan xonalar;

– ko‘p kvartirali uylarning yo‘laklari, shuningdek uylar oldi hududida joylashgan bolalar va sport maydonchalari;

– xiyobonlar, bog‘lar, ko‘chalar va boshqa joylar.

 

Quyi Chirchiq tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi

Zafar Jumonov