Янгиликлар
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qanday javobgarlik bor?
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qanday javobgarlik bor?
Qonunchilikka ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslar ijtimoiy infratuzilma ob'ektlariga to‘sqinliksiz kirishi uchun, shuningdek temir yo‘l, havo, suv, shaharlararo avtomobil transportidan, shahar va shahar atrofiga qatnaydigan yo‘lovchilar transportining barcha turlaridan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanishdagi aloqa va axborot vositalaridan to‘sqinliksiz foydalanishi uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha talablarni bajarmaslik, mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu huquqbuzarlik ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilsa, mansabdor shaxslarga BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Quyi Chirchiq tuman adliya bo‘limi boshlig‘i
Jo‘shqin Badalov