Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Savol bering javob beramiz ruknidan


Savol bering javob beramiz ruknidan

      

Savol: Farzandimning tug’ilganlik to’g’risidagi guvoxnomasi turli xil oilaviy sabablarga ko’ra o’z vaqtida olinmagan, o’z vaqtida olinmagan tug’ilganlik to’g’risidagi guvoxnomani qanday qilib olsa bo’ladi?

 

Javob: Agar tug’ilganlik to’g’risidagi guvoxnoma o’z vaqtida olinmagan bo’lsa, bu FHDYo organi orqali amalga oshiraladi. "Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to’g’risida"gi Yo’riqnomaga ko’ra, 16 yoshgacha bo’lgan bolaning tug’ilishini qayd etish uchun FHDYo organiga tug’ilishni qayd etish muddatini o’tkazib yuborganlik sabablari ko’rsatilgan ariza va quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

bolaning tug’ilganligi haqida tibbiy ma’lumotnoma;

bolaning sog’lig’i to’g’risida ma’lumotnoma;

bolaning ta’lim olayotganligi to’g’risida ma’lumotnoma;

tegishli FHDYo arxividan ushbu bolaga nisbatan tug’ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi to’g’risida ma’lumotnoma.

 

 

Yangiyo‘l shahar

Adliya bo‘limi FHDY mudirasi   

G.Pardayeva