Янгиликлар
Savol bering javob beramiz ruknidan
Savol bering javob beramiz ruknidan
Savol: Xodimaning kredit qarzdorligi bor u dekretga chiqqan MIB uning dekret pulidan kredit qarzdorligi uchun dekretidan ushlab qolishi mumkinmi?
Javob: Yoʻq, mumkin emas. Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 69-moddasida undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan summalar koʻrsatilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 69-moddasi undiruv quyidagi pul summalariga qaratilishi mumkin emas:
· mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik, shuningdek boquvchisining vafot etganligi sababli koʻrilgan zararni toʻlash summalariga;
· xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida mayib boʻlgan (yaralangan, shikastlangan, kontuziyaga uchragan) shaxslarga va mazkur shaxslar halok boʻlgan (vafot etgan) taqdirda ularning oila aʼzolariga toʻlanadigan summalarga;
· bola tugʻilganligi munosabati bilan toʻlanadigan summalarga;
· aliment majburiyatlari boʻyicha toʻlanadigan summalarga;
· mehnat sharoiti noqulay va oʻziga xos boʻlgan ishlar uchun toʻlanadigan summalarga, shuningdek radiatsiya taʼsiriga uchragan shaxslarga va qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda toʻlanadigan summalarga;
· homiladorlik va tugʻish boʻyicha toʻlanadigan nafaqa summalariga;
· dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa summalariga;
· qisman haq toʻlanadigan taʼtil davrida bolani parvarishlash uchun toʻlanadigan summalarga;
· bola tugʻilishi, qarindoshlar vafot etishi, nikoh tuzish munosabati bilan korxona, muassasa yoki tashkilot tomonidan toʻlanadigan summalarga;
· xizmat safari, boshqa joyga ishga oʻtkazilganligi, qabul qilinganligi yoki yuborilganligi munosabati bilan toʻlanadigan summalarga;
· mehnatga oid munosabatlar bekor qilinganda ishdan boʻshatish nafaqasi tariqasida toʻlanadigan summalarga.
Yangiyoʻl shahar
Adliya boʻlimi bosh maslahatchisi
Abdullayev T.O