Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Konustitutsiyanining yaratilish tarixi-tinchlik, barqarorlik va taraqqiyot kafolati sifatida


Konustitutsiyanining yaratilish tarixi-tinchlik, barqarorlik va taraqqiyot kafolati sifatida

 

Bosh Qomusimiz bozor iqtisodiyotiga asoslangan mustaqil demokratik davlat qurish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi va mamlakatimizning barcha fuqarolari uchun qonun oldida tenglik tamoyili taʼminlanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirishning mustahkam poydevorini yaratdi.Mustaqil diyorning mustaqilligini yorqin namoyon etuvchi asosiy hujjat, baxtimiz qomusi, xalqimizning or-u nomusidir. Negaki, uning har bir moddasi, har bir bandida xalqaro huquq meʼyorlari ham, milliy bagʻrikenglik tamoyili ham aks etib turadi. Binobarin, Konstitutsiyaning 4-moddasida qayd qilinganidek, “Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili oʻzbek tilidir. Oʻzbekiston Respublikasi oʻz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari hurmat qilinishini taʼminlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”.Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mamlakatimizda yashayotgan barcha millat vakillari tili, eʼtiqodi, ijtimoiy holatidan qatʼi nazar Oʻzbekiston xalqini tashkil qilishi va ularning huquq va manfaatlari, shuningdek, eʼtiqod erkinligi mustahkamlangan. Jumladan, Konstitutsiyaning 18-moddasida “Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar qonun oldida tengdirlar”, deb belgilangan. Konstitutsiyamizda ushbu huquqning aks etishi mamlakatimizda insonlarning vijdon erkinligi taʼminlanishining huquqiy asosi boʻlib xizmat qilmoqda.Mamlakatimizda davlat va jamiyat qurishning asosiy yoʻli aniq ifodalab berilgan bu qomusiy hujjatda davlat hokimiyatining tizimi – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʻlinishi eng muhim tamoyillardan biri hisoblanadi. Inson huquqlari va erkinliklarining Konstitutsiyamizda belgilab qoʻyilganligi mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, adolatli fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy omili bo‘lib xizmat qilmoqda.Mustaqillik yillarida qoʻlga kiritilgan barcha muvaffaqiyatlarimiz, xususan, hayotning barcha jabhalarida – el-yurt tinchligi, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini taʼminlash, huquqiy demokratik davlat barpo etish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida qaror toptirish, jamiyatni demokratlashtirish va mamlakatimizni modernizatsiya qilish borasida erishgan ulkan muvaffaqiyatlarimiz zamirida Konstitutsiyada ifodalangan huquqiy normalar mujassamligi, ularning qanchalik hayotiy ekanini hamda ijrosi amalda toʻliq taʼminlanayotganligini koʻrishimiz mumkin Bir soʻz bilan aytganda, Konstitutsiyamiz – davlatimiz mustaqilligining huquqiy zamini, xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi sifatida maydonga chiqdi. U eng rivojlangan davlatlarning Konstitutsiyaviy tajribasi hamda tarixda sinalgan umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarimizni oʻzida mujassam etgan.

Yangiyo‘l shahar

Adliya bo‘limi bosh maslahatchisi

Abdullayev T.O