Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Majburiyatni bajarmaganlik uchun javobgarlik


Majburiyatni bajarmaganlik uchun javobgarlik

 

Barchamizga ma’lumki, majburiyat tushunchasiga bevosita O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 234-moddasida ta’rif berilgan bo’lib, unga ko’ra majburiyat — fuqarolik huquqiy munosabati bo’lib, unga, asosan, bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko’rsatish, pul to’lash va hokazo yoki muayyan harakatdan o’zini saqlashga majbur bo’ladi, kreditor esa — qarzdordan o’zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo’ladi deb qayd etilgan.

Amalda majburiyat bitimlar (shartnomalar)da aks ettirilib, unda taraflarini majburiyatlari, javobgarligi va boshqa bajarilishi lozim bo’lgan kelishuvlar ko’rsatilgan bo’ladi.

Qonunchiligimizda shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun javobgarlik qat’iy belgilangan bo’lib, tovarlarni yetkazib berish muddatlari kechiktirib yuborilgan, to’liq yetkazib berilmagan, ishlar bajarilmagan yoki xizmatlar ko’rsatilmagan hollarda, tovar yetkazib beruvchi (pudratchi) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya to’laydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki ko’rsatilmagan xizmatlar bahosining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim. Penyani to’lash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni tovarlarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, to’liq yetkazib bermaslik, ishlarni bajarmaslik yoki xizmatlarni ko’rsatmaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi.
Hozirgi kunda iqtisodiy sudlar tomonidan ko’rib chiqiladigan nizolarning aksariyati shartnomaviy munosabatlardan, ayniqsa oldi-sotdi shartnomasi, mahsulot yetkazib berish haqidagi shartnoma, pudrat shartnomasi, kredit shartnomasi shartlaridan kelib chiqadigan nizolardan iborat.

Zero, fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq va burchlarinivujudga keltirish, o’zgartirish yoki bekor qilishda tenglik prinsipini ro’yobga chiqarish maqsadida shartnomaviy munosabatlar bo’yicha yagona sud amaliyotini shakllantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan bir necha Plenum qarorlari qabul qilingan.

Bu esa iqtisodiy sudlarda shartnomaviy munosabatlarga oid nizolarni qonuniy va asosli hal qilinishida muhim rolь o’ynaydi.

 

 

Yangiyo‘l shahar

Adliya bo‘limi bosh maslahatchisi

Abdullayev T.O