Янгиликлар
Oila muqaddas dargoh
Oila muqaddas dargoh
Oila – nafaqat bir yurtning, balki umuminsoniyatning katta siyosati. Aytish kerakki – davlat siyosati. Nega deganda, bashariyatning tirikligi, uzluksizligi – oiladan. Axir oilaning eng birlamchi va bevosita vazifasi, ma`naviyat tili bilan aytganda muqaddas vazifasi- insoniyatning zanjirini sog`lom va iqtidorli avlodlar bilan ulab borishdan iborat.
Sharqda oila qadim- qadimdan muqaddas qo`rg`on hisoblangan.O`zbek oilalarining serildizlik, serbutoqlik xususiyatlari qadim-qadimdan va xozir boshqa millat kishilarida xam xayrat , xam xurmat uyg`otgan xususiyatidir. O`zbek oilasida ayol , ona ana shu qo`rg`onning posbonlari, oilaning muqaddasligini ta`minlovchi mo`tabar insonlardir.
Qur`oni karimda , hadislarda ayol-onani ulug`lash kerakligi haqida ko`plab ibratli ko`rsatmalar bor. Dunyoga yangi kelgan farzand uchun oila-ilk tarbiya maskani, shu muqaddas dargohning ma`naviy -axloqiy muhitini yaratuvchi mo`tabar zotdir.
Qalbning iymonli va rahmonligi yoki, aksincha bag`ritoshlik va iblislik ham oilada shakllanadi.
Taraqqiy etgan davlatlarning o`z mamlakatlarida oilaga katta e`tibor berishi turli yo`llar bilan uning nufuzini ko`tarishga intilishi aslo bejiz emas.Yaxshi oila xushxulqli, iymonli solih kishilarni , ibratli insonlarni tarbiyalaydi.
Voyaga yetayotgan xar bir kishi oila to`g`risidagi yaxshi ko`rsatma, yo`riq, tuzuk, qonun-qoidalarni yaxshi bilishi lozim.Ana shu bilim va istag ularning o`z oilalarini ko`rkam tuzuvlariga , shu kichkina mamlakatlarni to`g`ri boshqaruvlariga yordam beradi.Oilada rohatli umr kechirish – barakotli umr kechirish demakdir.
Oila nizomsiz bo`lsa , uning yomon oqibati butun millatga ta`sir etadi va shu sababdan fazilar yeriga razolar, taraqqiyot o`rniga tubanlik negiz quradi.
Garchi oila tirmushni iqtisodiy tashkil etuvchi ilk uyushma sifatida ibtidoiy davrlardan boshlab mavjud bo`lib kelayotgan bo`lsa xam, davrlar o`tishi “zamonlar o`zgarishi’ bilan oilaning maqsad va vazifalari xam o`zgarib , tobora takomillashib boraveradi.
Yangiyo‘l shahar
Adliya bo‘limi FHDY mudirasi
G.Pardayeva
Yoshlar – kelajagimiz
Mamalakatimizda yangi O`zbekistonni barpo etishdek ulug` maqsadga erishish yo`lida asosiy tayanchimiz bo`lgan shijoatli yoshlarga e`tibor va g`amxo`rlik ko`rsatish, maqsadida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-sonli prezident farmoniga muvofiq yoshlar tomonidan ko`tarilgan taklif va tashabbuslar, muammo xamda masalalar yechimi yuzasidan xar yili Yoshlar kuni arafasida Hukumatning dasturu shuningdek Qoraqalpog`iston vazirlar kengashi viloyatlar va Toshkent shaxar tuman va shaxar xokimliklarining aloxida xududiy dasturlari qabul qilinadi.
Mazkur dasturlar yoshlarning bilim va kasb xunar egallashi ular uchun munosib ish va turmush sharoitini yaratish bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan kompleks chora tadbirlardan iboratdir.
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2022-2023-yillarda O`zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturi tasdiqlangan.
Xulosa qilib aytganda so`ngi yillarda yoshlarni xar tomonlama qo`llab quvvatlash ularni komil inson sifatida etishi uchun zamin yaratildi. Yoshlarga berilayotgan bu e`tibor oxir oqibat o`z mevasini beradi. Bunga yoshlarimiz xalqaro va Respublika miqyosida erishayotgan yutuqlari yaqqol dalildir.
Yangiyo‘l shahar
Adliya bo‘limi FHDY mudirasi
G.Pardayeva