Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Yuridik xizmat koʻrsatish markaziga kelib tushgan savollardan biri. Assalomu alaykum, ish jarayonida yiqilib tushib qoʻlim va oyoqlarimdan tan jarohat oldim, ish beruvchi oʻzingni ehtiyotsizlingiz tufali sodir boʻlgan degan vaj bilan inkor qilmoqda, shu v


Yuridik xizmat koʻrsatish markaziga kelib tushgan savollardan biri. Assalomu alaykum, ish jarayonida yiqilib tushib qoʻlim va oyoqlarimdan tan jarohat oldim, ish beruvchi oʻzingni ehtiyotsizlingiz tufali sodir boʻlgan degan vaj bilan inkor qilmoqda, shu vaziyatda olingan tan jarohatlar qanday rasmiylashtiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlib, tashkilotlarda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida xodimning mehnat qobiliyati kamida bir kunga yoʻqotilsa yoki tibbiy xulosaga muvofiq yengilroq boshqa ishga oʻtishi zarur boʻlsa, N-1 shaklidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Ish beruvchi tekshirish tugaganidan soʻng 3 sutkadan kechiktirmay jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga davlat tilida yoki boshqa maqbul tilda rasmiylashtirilgan baxtsiz hodisa toʻgʻrisidagi N-1 shaklidagi dalolatnomani berishi kerak.

Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni toʻgʻri va oʻz vaqtida tekshirish hamda hisobga olish, N-1 shaklidagi dalolatnomani tuzish, baxtsiz hodisa sabablarini bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javobgardir.

  N-1 shaklidagi dalolatnoma boʻyicha rasmiylashtirilgan barcha baxtsiz hodisalar hisobotga hamda uch ish kuni ichida “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritiladi.

 

Soli Xakimov

Ohangaron shahar adliya boʻlimi YUXKM boshligʻi

1-darajali yurist