Янгиликлар
Men qisqarishga tushib boʻshadim. Leki taʻtilimdan asl holicha foydalanmay, kompensatsiya oldim. Yangi ishimdan taʻtil olsam boʻladimi 6 oy oʻtmasa ham?
Men qisqarishga tushib boʻshadim. Leki taʻtilimdan asl holicha foydalanmay, kompensatsiya oldim. Yangi ishimdan taʻtil olsam boʻladimi 6 oy oʻtmasa ham?
Myehnat kodeksining 143-moddasiga koʻra, yillik asosiy taʻtil birinchi ish yili uchun 6️ oy ishlangandan keyin beriladi. Lekin 143-moddaning 3-qismidagi xodimlarga taʻtil ularning xohishi boʻyicha 6 oy oʻtmasdan oldin beriladi.
Ana shu toifa xodimlar ichida texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ishlar xususiyati oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan xodimlar (100-modda ikkinchi qismining 1-bandi) ham keltirilgan. Yaʻni sodda qilib aytganda qisqarishga tushib ishdan boʻshagan xodim yangi ishga kirsa xohishi boʻyicha 6 oy oʻtmasdan oldin taʻtil olishi mumkin.
Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga yozilmaydi. Shuning uchun bu holatda siz ish beruvchiga mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqidagi buyruqning nusxasini berishingiz kerak boʻladi.
Eʼtibor bering! Yangi mehnat kodeksida bu talab bormi? 2023-yil 30-apreldan kuchga kiradigan Yangi Mehnat kodeksining 227-moddasida esa bu qoida aks etmagan.
Yaʻni qisqarishga tushib ishdan boʻshagan xodim yangi ishga kirgach 6 oy oʻtguniga qadar xohishiga koʻra har yilgi mehnat taʻtili berilmaydi. Lekin ish beruvchi va xodim oʻrtasidagi kelishuvga koʻra xodimga 6 oy oʻtguniga qadar ham mehnat taʻtili berilishi mumkin.
Soli Xakimov
Ohangaron shahar adliya boʻlimi YUXKM boshligʻi
1-darajali yurist