Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Yuridik markazga kelib tushayotgan murojaatlardan biri. Assalomu alaykum, qisqarishga tushgan xodimga taʻtil berib keyin shartnomani bekor qilsak boʻladimi (otpusk s posleduyushim uvolneniyem)?


Yuridik markazga kelib tushayotgan murojaatlardan biri. Assalomu alaykum, qisqarishga tushgan xodimga taʻtil berib keyin shartnomani bekor qilsak boʻladimi (otpusk s posleduyushim uvolneniyem)?

Boʻladi. Buni quyidagicha asoslaymiz.

Diqqat! Agar qisqarishga tushgan xodimning taʻtillar jadvaliga koʻra taʻtil muddati kelayotgan boʻlsa, u holda ish beruvchi Mehnat kodeksi (keyingi oʻrinlarda – MK) 144-moddasiga koʻra taʻtil berish vaqti haqida xodimni taʻtil boshlanishidan kamida 15 kun oldin xabardor qilib taʻtilga chiqarishi kerak. Yoki MK 151-moddasi 2-qismiga koʻra, xodimning xohishiga koʻra 15 ish kuni taʻtil berib qolganiga pulli kompensatsiya toʻlanishi mumkin.

Taʻtil berib keyin shartnomani bekor qilish (otpusk s posleduyuщim uvolneniyem) taʻtildan foydalanishning taʻtillar jadvalida belgilangan vaqti kelmagan holatlarga nisbatan tatbiq qilinadi. MK 144-moddasi 5-qismiga koʻra, taʻtildan foydalanishning jadvalda belgilangan vaqti xodim bilan ish beruvchining kelishuviga binoan oʻzgartirilishi mumkin.

MK 152-moddasiga koʻra, jamoa shartnomasida yoki xodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan mehnat shartnomasi bekor qilinganda (shu jumladan uning muddati tugashi munosabati bilan ham) xodimning xohishiga koʻra, yillik asosiy va qoʻshimcha taʻtillarni berib, undan keyin mehnat munosabatlarini bekor qilish hollari nazarda tutilishi mumkin. Bu holda taʻtil tugagan kun mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi.

Lekin ayrimlar mana shu normani notoʻgʻri talqin qilishmoqda. Yaʻni qachonki mehnat shartnoma MK 97.1 bilan taraflarning kelishuviga koʻra bekor qilinsagina taʻtil olinishi mumkin deb xato fikr bildirishyapti.

Toʻgʻri yuqoridagi jumla sal tushunarsizroqdek yozilgan boʻlishi mumkin lekin jumladan maʻno aslida quyidagicha: jamoa shartnomasida yoki xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilish chogʻida yillik asosiy va qoʻshimcha taʻtillarni berib undan keyin mehnat munosabatlarini bekor qilish hollari nazarda tutilishi mumkin. Yaʻni bu yerda mehnat shartnomasini 97.1 bilan bekor qilish haqida emas, balki taʻtillarni taraflarning kelishuviga koʻra berish haqida gap ketmoqda. Gapimizning yana bir isboti sifatida, 152-modda 4-qismini keltiramiz. Yaʻni mehnat shartnomasi xodimning aybli harakatlari tufayli bekor qilinganda yillik asosiy va qoʻshimcha mehnat taʻtilidan asli holida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Koʻrdingizmi mehnat shartnomasi MK 100-modda 2-qismining 3 va 4-bandlari bekor qilinganda taʻtilni asl holicha foydalish mumkin emas. Boshqa asoslar MK 87, 89, 97, 100 (2-qism 1,2,5,6,7-bandlari), 105, 106-moddalar bilan bekor qilinganda cheklov yoʻq.

 

Demak, qisqarishga tushgan xodimga xodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra yillik asosiy va qoʻshimcha taʻtillarni berib, undan keyin mehnat munosabatlarini bekor qilish mumkin ekan.

Yangi Mehnat kodeksining 235-moddasida bu holat yanada aniqroq bayon qilingan. Jamoa shartnomasida, boshqa ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida yoki xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilish chogʻida (bundan mehnat shartnomasi xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) uchun bekor qilingan hollar mustasno) foydalanilmagan har yilgi mehnat taʻtillarini keyinchalik mehnatga oid munosabatlarni tugatgan holda xodimning yozma arizasi asosida berish nazarda tutilishi mumkin.

Diqqat! Ushbu talab ham esdan chiqmasin! MK 100-moddasi 3-qismiga koʻra, xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida va mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan taʻtillarda boʻlgan davrida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, korxona butunlay tugatilgan hollar bundan mustasno.

Eʼtibor bering! Bundan tashqari MK 143-moddasi 3-qismida belgilangan xodimlarga taʻtil ularning xohishi boʻyicha olti oy oʻtmasdan oldin beriladi. Misol, qisqarishga tushgan ishga kirganiga 6 oy toʻlmagan I guruh nogironligi boʻlgan shaxsga agar u taʻtilga ariza yozsa, ish beruvchi unga taʻtil berishga majbur.

Shuningdek, MK 144-moddasi 3-qismida belgilangan xodimlarga ta’til ularning xohishiga ko‘ra yozgi yoki ular uchun qulay bo‘lgan boshqa vaqtda berilishi kerak. Misol, qisqarishga tushgan 14 yoshga to‘lmagan bolasi bor yolg‘iz ona ta’tilga ariza yozsa, ish beruvchi unga ta’tildan foydalanishning jadvalda belgilangan vaqtidan oldin ta’til berishga majbur.

 

Soli Xakimov

Ohangaron shahar adliya boʻlimi YUXKM boshligʻi

1-darajali yurist