Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Yuridik markazga kelib tushayotgan murojaatlardan biri. Assalomu alaykum, хodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish mezonlarini bilasizmi? Amaldagi va Yangi mehnat qonunchiligi bo’yicha.


Yuridik markazga kelib tushayotgan murojaatlardan biri. Assalomu alaykum, хodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish mezonlarini bilasizmi? Amaldagi va Yangi mehnat qonunchiligi bo’yicha.

Amaldagi Mehnat kodeksi 102-moddasi 7-qismiga ko'ra, ish beruvchi xodimlarni ommaviy ravishda ishdan ozod etish ehtimoli to‘g‘risida o‘z vaqtida, lekin kamida ikki oy oldin tegishli kasaba uyushmasi organi yoki xodimlarning boshqa vakillik organiga axborot taqdim etadi va ishdan ozod etish oqibatlarini yengillashtirishga qaratilgan maslahatli ishlarni amalga oshiradi. Ish beruvchi, shuningdek kamida ikki oy oldin har bir xodimning kasbi, mutaxassisligi, malakasi va mehnat haqi miqdorini ko‘rsatgan holda, bo‘lajak ishdan ozod qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mahalliy mehnat organiga ham ma’lum qilishi shart. Lekin amaldagi kodeksda ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish tushunchasiga ta'rif berilmagan.

“Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunning 18-moddasiga ko’ra, xodimlarining umumiy soni 100 kishidan ortiq bo‘lgan tashkilotlardan ro‘yxatdagi xodimlar o‘rtacha sonining 10 va undan ortiq foizi ishdan bo‘shatilishi xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish deb hisoblanadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi qarorlarni mahalliy mehnat organlarining taqdimnomalari bo‘yicha yoki mustaqil ravishda olti oygacha muddatga to‘xtatib turishi mumkin, bunda bir vaqtning o‘zida ushbu kechiktirish tufayli ko‘rilgan zarar tashkilotlarga qisman yoki to‘liq kompensatsiya qilinadi.

Mahalliy mehnat organlari ishdan ommaviy ravishda ishdan bo‘shatilayotgan xodimlarga ishga joylashish va bandlikni ta’minlashda, shu jumladan bepul kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malaka oshirishga yuborish orqali ko‘maklashadi.

Qonunning 17-moddasiga ko’ra, kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari ish beruvchining xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatilish haqidagi qarorini olti oygacha bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi taklifni mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘rib chiqish uchun kiritish huquqiga ega.

Yangi Mehnat kodeksida esa ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish masalasi yanada konkret tushuntirilgan. Yangi Mehnat kodeksining 98-moddasiga ko’ra,

ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish mezonlari texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o‘zgarishi, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarishi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilot xodimlarining soni yoki shtati o‘zgarganligi sababli yoki tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) tugatilganligi munosabati bilan o‘zi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi nazarda tutilayotgan xodimlar sonining ko‘rsatkichlaridan iboratdir.

Xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish mezonlari jumlasiga quyidagilar kiradi.

a) xodimlarining soni yigirma nafar va undan ortiq bo‘lgan har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi tashkilotni (uning alohida bo‘linmasini) tugatish;

b) xodimlar sonining (shtatining) quyidagi miqdorda:

o‘ttiz kalendar kun ichida ellik nafar va undan ortiq xodimning;

oltmish kalendar kun ichida ikki yuz nafar va undan ortiq xodimning;

to‘qson kalendar kun ichida besh yuz nafar va undan ortiq xodimning qisqarishi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi qarorlarni ushbu kechiktirish keltirib chiqargan yo‘qotishlarni ish beruvchiga bir vaqtning o‘zida qisman yoki to‘liq kompensatsiya qilish orqali olti oy muddatgacha to‘xtatib turishi mumkin.

Ish beruvchi xodimlarni kelgusida ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi axborotni ushbu Kodeksning 166-moddasida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda mehnat organining hamda hududiy yoki tarmoq kasaba uyushmalari birlashmalarining e’tiboriga yetkazishi shart. Mehnat organlari mazkur axborotni olgach, ishdan bo‘shatilayotgan xodimlarni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ishga joylashtirish choralarini ko‘rishi shart.

 

Soli Xakimov

Ohangaron shahar adliya boʻlimi YUXKM boshligʻi

1-darajali yurist