Янгиликлар
Yuridik markazga kelib tushayotgan murojaatlardan biri. Assalomu alaykum, qisqarishga tushgan xodim taʼtilini olishi mumkinmi va taʼtil vaqtida ogohlantirish muddati oʻtishi masalasi qanday boʻladi? Shtatlar qisqargani munosabati bilan bir xodimga uvidoml
Yuridik markazga kelib tushayotgan murojaatlardan biri. Assalomu alaykum, qisqarishga tushgan xodim taʼtilini olishi mumkinmi va taʼtil vaqtida ogohlantirish muddati oʻtishi masalasi qanday boʻladi?
Shtatlar qisqargani munosabati bilan bir xodimga uvidomleniya berdik. Bugun xodimni mehnat taʼtiliga 1 yil boʻlgan chiqmaganiga, shu mehnat taʼtiliga yozib kiribdilar. Myehnat taʼtili berish kerak toʻgʻrimi, uvidomleniyaning 2 oylik vaqti toʻxtalilib, mehnat taʼtili tugugandan keyin davom ettiriladimi?
Bu holatda xodimga taʼtil berishingiz mumkin. Mk 152-moddasiga koʻra, jamoa shartnomasida yoki xodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan mehnat shartnomasi bekor qilinganda (shu jumladan uning muddati tugashi munosabati bilan ham) xodimning xohishiga koʻra, yillik asosiy va qoʻshimcha taʼtillarni berib, undan keyin mehnat munosabatlarini bekor qilish hollari nazarda tutilishi mumkin. Bu holda taʼtil tugagan kun mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi.
2 oylik ogohlantirish muddati masalasi nima boʻladi? MK 102-moddasi 6-qismiga koʻra, xodimni ogohlantirish muddatiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri, shuningdek uning davlat yoki jamoat vazifalarini bajargan vaqti qoʻshilmaydi, mehnatga oid munosabatlarning korxona tugatilganligi natijasida bekor qilinishi bundan mustasno. Davlat yoki jamoat vazifalariga nima kiradi deb boshni qotiradiganlar diqqatiga Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori 5-ILOVAsiga qarashlarini soʻraymiz.
Eʼtibor bering, bu normada faqat 2 ta holat vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri va davlat yoki jamoat vazifalarini bajargan vaqti qoʻshilmasligi koʻrsatilmoqda. Yaʼni taʼtillar yoʻq.
Demak, taʼtil muddati ogohlantirish muddatiga qoʻshilaveradi. Koʻpchilik MK 100-moddasi 3-qismiga chalgʻiydi. Yaʼni xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida va mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan taʼtillarda boʻlgan davrida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, korxona butunlay tugatilgan hollar bundan mustasno. Eʼtibor bering gap bu yerda ogohlantirish muddati haqida emas balki mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yoʻl qoʻyilmasligi haqida ketmoqda.
Masalan, qisqarishga tushgan xodim kamida 2 oy oldin ogohlantirildi. 1,5 oydan soʻng 24 ish kuniga taʼtilga chiqdi. Taʼtil davrida ogohlantirish muddati oʻtaveradi lekin ogohlantirish muddati tugagach shartnomani bekor qila olmaysiz chunki xodim taʼtilda. Bu holda taʼtil tugagan kun mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi.
Soli Xakimov
Ohangaron shahar adliya boʻlimi YUXKM boshligʻi
1-darajali yurist