Янгиликлар
Yuridik markazga kelib tushayotgan murojaatlardan biri. Assalomu alaykum, хodim necha km masofagacha xizmat safariga borsa, unga kundalik xarajatlar uchun haq to‘lanmaydi? Ba’zilar 50 desa, ba’zilar 60 km deyapti? Konkret masofasi bormi?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 424-son qaroriga ilova “O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari to‘g‘risida”gi Nizomning 20-bandiga ko’ra, xizmat safariga yuborilgan xodim o‘zining doimiy ish joyiga har kuni qaytish imkoniyatiga ega bo‘lsa, u holda kundalik xarajatlar uchun haq to‘lanmaydi.
Xodimning xizmat safariga yuborilgan joydan o‘zining doimiy ravishda yashaydigan joyiga har kuni qaytishi mumkinligi masalasi xizmat safariga yuborgan tashkilot rahbari tomonidan masofaning uzoqligi, transport aloqasi sharoiti, bajariladigan topshiriqning tusi, xodim uchun dam olish sharoitlarini yaratish kabilarni hisobga olgan holda hal etiladi.
Demak, konkret masofa belgilanmagan. Bu masala xizmat safariga yuborgan tashkilot rahbari tomonidan masofaning uzoqligi, transport aloqasi sharoiti, bajariladigan topshiriqning tusi, xodim uchun dam olish sharoitlarini yaratish kabilarni hisobga olgan holda hal etiladi ekan.
Soli Xakimov
Ohangaron shahar adliya boʻlimi YUXKM boshligʻi
1-darajali yurist