Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Yuridik xizmat koʻrsatish markaziga kelib tushgan savollardan biri. Bolnichniy ya’ni vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi necha foiz miqdorda to’lanishi kerak, qaysi holatlarda 100 foiz to’lanadi.


Yuridik xizmat koʻrsatish markaziga kelib tushgan savollardan biri. Bolnichniy ya’ni vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi necha foiz miqdorda to’lanishi kerak, qaysi holatlarda 100 foiz to’lanadi.

Mehnat kodeksi 285-moddasiga ko’ra, Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi kasal bo‘linganda, mehnatda mayib bo‘lgan yoki boshqacha tarzda shikastlanganda, shu jumladan turmushda jarohatlanganda, oilaning betob a’zosini parvarish qilganda, karantin e’lon qilinganda, sanatoriy-kurortda davolanganda va protez qilinganda to‘lanadi.

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi mehnatda mayib bo‘lgan va kasb kasalligiga chalinganda ish haqining to‘liq miqdorida, boshqa hollarda esa, xodimning davlat ijtimoiy sug‘urtasi badallarini to‘lagan muddatiga (umumiy ish stajiga), qaramog‘idagi voyaga yetmagan bolalarining soni va boshqa holatlarga qarab, ish haqining oltmish foizidan yuz foizigacha miqdorda to‘lanadi.

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasining eng kam miqdori qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 35,2 foizidan oz bo‘lmasligi va nafaqa hisoblab chiqariladigan ish haqi miqdoridan ortib ketmasligi lozim.

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi qanday holatlarda ish haqining 100 foizi miqdorida, qanday holatlarda esa ish haqining 60-80 foizi miqdorida to’lanishi quyidagi qonunchilik hujjatlarida batafsil tushuntirilgan.

1️. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-fevraldagi 71-sonli “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalar to‘lash chegarasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.

2️. “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning (ro‘yxat raqami: 1136, 08.05.2002-y.) 26-31-bandlari.

Diqqat! Bolnichniy va homiladorlik va tug'ruq ta'til pullarini mulkchilik shaklidan qat'i nazar barcha tashkilotlar to'laydi. Aks holda, MJTK 49-3-moddasiga ko'ra bu to'lovlarni to'lashdan bo'yin tovlash 4.5 million so'mgacha, agar 1 yil ichida takroran yana shunday huquqbuzarlik sodir etilsa 9 million so'mgacha jarimaga sabab bo'ladi.

 

Soli Xakimov

Ohangaron shahar adliya boʻlimi YUXKM boshligʻi

1-darajali yurist