Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-144-son Farmoni qabul qilingan.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi Oʻzbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-144-son Farmoni qabul qilingan.

Hozirgi kunda respublikada seysmologik kuzatuvlar tarmogʻida 40 ta seysmik stansiya mavjud boʻlib, ularning 24 soat uzluksiz ishlashi taʻminlangan.

Seysmik stansiyalarning 15 tasi qoyali tosh jinslarida, 24 tasi yumshoq yaxlit jinslarda, 1 tasi yumshoq yaxlit boʻlmagan jinslarda joylashgan. Ushbu stansiyalarning 11 tasida keng polosali yuqori sezuvchan seysmometr, qolgan stansiyalarda qisqa davrli past shovqinli seysmometrlar oʻrnatilgan.

Respublika hududini kompleks monitoring qilish maqsadida, Seysmoprognostik monitoring respublika markazida 10 ta kompleks-prognostik stansiya hamda magnitometrik kuzatuv punktlari mavjud.

Shu bilan bir qatorda, seysmik kuzatuvlar tarmogʻida quyidagi muammolar mavjud:

seysmik kuzatuvlar tarmogʻi toʻliq avtomatlashtirilmagan;

seysmik kuzatuvlar tarmogʻi xalqaro monitoring tarmoqlariga integratsiya qilinmagan;

mavjud stansiyalarning aksariyat qismi xalqaro standartlarga mos kelmaydi;

respublika hududini toʻliq monitoring qilish koʻrsatkichi past;

14 ta stansiya shaharlar markazida joylashgan boʻlib, bu hududlarda xalaqit qiluvchi toʻlqinlar darajasi yuqori hisoblanadi.

Shundan kelib chiqib, seysmologik kuzatuvlar sohasidagi islohotlarning asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

xalaqit qiluvchi toʻlqinlar darajasi past boʻlgan seysmik stansiyalarda Internet tarmogʻining uzluksiz ishlashini taʻminlash;

stansiyalar joylashuvi respublikaning muhim obyektlari atrofida boʻlishini taʻminlash;

keng polosali yuqori sezuvchan seysmometrlar sonini oshirish va toʻliq tarmoqni qoplash imkoniyatini yaratish;

mavjud seysmometrlar va registratorlarni texnik parametrlarga muvofiqlashtirish choralarini koʻrish;

qoʻshni respublikalar seysmik stansiyalari bilan toʻgʻridan toʻgʻri maʻlumotlar almashish tizimini takomillashtirish;

milliy seysmik kuzatuvlar tarmogʻining xalqaro seysmik kuzatuvlar global tizimiga kiritilgan stansiyalar bilan doimiy aloqalarini taʻminlash;

avtomatlashtirish kompleks-prognostik stansiyalar sonini koʻpaytirish hisobiga respublika hududini toʻliq monitoring qilish imkoniyatini kengaytirish;

kuzatuv punktlarining asosiy qismini yer yoriqlari kesishmasida joylashtirish;

raqamli proton magnitometrlarning sonini oshirish;

kompleks-prognostik stansiyalarning asosiy qismini kuzatuv quduqlari hududida joylashtirish;

neft-gaz va ogʻir sanoat, kon metallurgiya obyektlarining faoliyati natijasida zaminda roʻy berayotgan oʻzgarishlarni kuzatib borish tizimini yaratish.

Mazkur farmon bilan Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini 2025-yilgacha takomillashtirish KONSEPSIYASI tasdiqlangan.

 

Soli Xakimov

Ohangaron shahar adliya boʻlimi YUXKM boshligʻi

1-darajali yurist