Янгиликлар
IJTIMOIY NAFAQANI UZAYTIRISH TARTIBI
IJTIMOIY NAFAQANI UZAYTIRISH TARTIBI
Bola parvarishi bo‘yicha nafaqani olishni davom ettirishga muhtoj bo‘lgan shaxs (yoki oilaning muomalaga layoqatli a'zolaridan biri) to‘lovning oldingi 12 oylik muddati tugashidan bir oy oldin ushbu nafaqani bola ikki yoshga to‘lguniga qadar uzluksiz to‘lanishini davom ettirish masalasini hal etish uchun arizani belgilangan tartibda takroran berish huquqiga ega.
Bolali oilalarga nafaqalar va moddiy yordam to‘lashning belgilangan muddati tugagach, ariza beruvchi ushbu nafaqa yoki moddiy yordam to‘lanishini yangi muddatga davom ettirish uchun ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.Bunda bolali oilalarga nafaqalar va moddiy yordam olish uchun ariza oldingi davrda tayinlangan
ushbu nafaqani yoki moddiy yordamni to‘lash muddati tugayotgan oydan keyingi oyda beriladi. Takroriy murojaatlar umumiy belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Abdulaziz Kazimbayev
Yangiyo'l shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti