Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

INSON MANFAATLARI KONSTITUTSIYASI


INSON MANFAATLARI KONSTITUTSIYASI

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi muqaddimasidanoq “O‘zbekiston xalqi inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini tantanali ravishda ye'lon qilib” degan so‘zlardan boshlanishidan ko‘rishimiz mumkin. Ayniqsa Asosiy qomusimizning 13-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, yerkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi” deb mustahkamlanishi davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar faoliyatining asosiy maqsadi va yo‘nalishlarini yaqqol ifoda yetdi.

Asosiy qomusimiz 128 moddadan iborat bo‘lgani holda uning 30 dan ortiq moddalari bevosita inson huquqlari va yerkinliklariga bag‘ishlangandir. Konstitutsiyamiz Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining deyarli barcha prinsipial qoidalarini o‘zida mujassamlantirgan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat inson huquqlari bo‘yicha bir qator majburiyatlar olgan bo‘lib, ularga xususan davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshirishi, davlat xalq irodasini ifoda yetib, uning manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas'ul yekanliklari, O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va yelatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlashi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratishi, O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolatlashi kabilarni misol qilib keltirish mumkin.

Konstitutsiya nafaqat huquq va yerkinliklarni mustahkamladi, balki ularni amalga oshirishning real imkoniyatlarini ta'minlash chora-tadbirlarini, kafolatlarini ham yaratdi. Xususan, hokimiyatlar bo‘linishi, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi so‘zsiz tan olinishi, demokratik huquq va yerkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinishi, har bir shaxsga o‘z huquq va yerkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kabilar kafolatlandi. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va yerkinliklari daxlsiz deb ye'lon qilinib, ulardan sud qarorisiz mahrum yetishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hyech kim haqli yemas, deb belgilab qo‘yildi.

Konstitutsiyamizda nazarda tutilgan g‘oyalar yesa demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sari to‘xtovsiz harakat qilishni, buning uchun yesa Asosiy qomusimizda belgilangan barcha yezgu g‘oyalarni to‘laqonli ro‘yobga chiqarish uchun uni yanada sinchkovlik bilan o‘rganishimiz, inson manfaatlarini ta'minlash nuqtai nazaridan qonunchiligimizni muttasil takomillashtirib borishimiz, har birimiz o‘z harakatlarimizni qanchalik Konstitutsiya doirasida amalga oshirayotganligimizni muntazam idrok yetib borishimiz darkor.

 

Abdulaziz Kazimbayev

Yangiyo'l shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti