Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

JINOYAT KODEKSI 235-MODDASI TAHLILI: G‘AYRIINSONIY YOKI QADR-QIMMATNI KAMSITUVCHI MUOMALA.


JINOYAT KODEKSI 235-MODDASI TAHLILI: G‘AYRIINSONIY YOKI QADR-QIMMATNI KAMSITUVCHI

MUOMALA.

 

Adolat va qonun ustuvorligini ta'minlash uchun mansabdor shaxslarni noqonuniy harakatlari uchun javobgarlikka tortish alohida ahamiyat kasb yetadi. Noqonuniy harakatlar uchun mansabdor shaxs ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Jinoyat Kodeksining (bundan keyin JK) 235-moddasi qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala

hamda jazo turlarini qo‘llash uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi. Mazkur maqolamizda JKning 235-moddasi qanday holatlarda qo‘llanilishiga misollar keltiramiz.

JKning 235-moddasida qiynoq quyidagicha ta'riflangan:

“Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz,g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash, ya'ni gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, guvohga, jabrlanuvchiga yoki jinoyat protsessining boshqa ishtirokchisiga yoxud jazoni o‘tayotgan mahkumga, ularning yaqin qarindoshlariga ulardan biror bir axborot, jinoyat sodir yetganligiga iqrorlik ko‘rsatuvi olish, ularni sodir yetilgan qilmish uchun

o‘zboshimchalik bilan jazolash yoxud biror bir harakatni sodir yetishga majburlash

maqsadida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan yoki huquqni muhofaza qilish organining, jazoni ijro yetish muassasasining boshqa xodimi tomonidan qo‘rqitish, urish, do‘pposlash, qiynash, azob

berish yoki qonunga xilof boshqa harakatlar vositasida sodir yetilgan qonunga xilof

ruhiy yoki jismoniy ta'sir ko‘rsatish”. Demak, biron xatti-harakat qiynoq yoki boshqa shafqatsiz,g‘ayriinsoniy yoki qadr qimmatni kamsituvchi muomala hisoblanishi uchun uch jihatga ye'tibor qaratish kerak:

1. Maqsad: Xatti-harakat biror bir axborot yoki jinoyat sodir yetganligiga iqrorlik ko‘rsatuvi olish,

kishini sodir yetilgan qilmish uchun o‘zboshimchalik bilan jazolash yoxud biror bir harakatni sodir yetishga

majburlash maqsadida amalga oshirilishi kerak;

2. Taqiqlangan harakatlar: Xatti-harakat ruhiy yoki jismoniy ta'sir ko‘rsatishdan (masalan, qo‘rqitish, urish, do‘pposlash, qiynash, azob berish yoki qonunga xilof boshqa harakatlar) iborat bo‘lishi kerak;

3. Mansabdor shaxs: Yuqoridagi harakatlar mansabdor shaxs (masalan, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, Ichki ishlar organi xodimi) yoki uning buyrug‘i bilan jismoniy shaxs (masalan, bir mahkumning jazoni ijro yetish muassasasi xodimi buyrug‘i bilan boshqa mahkumni qiynoqqa solishi) tomonidan amalga oshirilishi kerak.

Mazkur moddada qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr- qimmatni kamsituvchi muomalao‘rtasidagi farq belgilab o‘tilmagan. Fikrimizcha, mansabdor shaxsni 235-modda asosida javobgarlikka tortish uchun mazkur ikki huquqiy tushuncha o‘rtasidagi farqqa ko‘p ye'tibor berishning ahamiyati yo‘q. Mansabdor shaxs biron maqsadni ko‘zlab kishiga ruhiy yoki jismoniy azobberishi, azob darajasi qanday

bo‘lishidan qat'i nazar, 235-moddaning qo‘llanilishiga asos bo‘lishi kerak.

Mazkur tushunchalar o‘rtasidagi farq, asosan, mansabdor shaxsga jazo tayinlashda ahamiyatga yega.

Agar qilmishni qiynoqqa solish deb ta'riflash mumkin bo‘lsa, unda mansabdor shaxsga belgilash mumkin bo‘lgan yeng og‘ir jazo tayinlanishi kerak.

Aksincha, agar qilmish qiynoqyemas, balki shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala

deb topilsa, unda nisbatan yengilroq jazo tayinlanishi mumkin. Biron maqsadni ko‘zlab kishiga ruhiy yoki

jismoniy azob berishtibilvosita yo‘llar bilan amalga oshirilgan taqdirda ham 235-moddaning

qo‘llanilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, qamoqxonada saqlanayotgan kishidan kerakli ma'lumotni

olish uchun tergovchi qamoqxonadagi boshqa mahbuslarni ishga solishi mumkin. Keng qo‘llaniladigan usullardan biri bu gumondorni tergovchiga aloqador mahbuslar bilan bir xonaga joylashtirish va u mahbuslarga gumondordan tegishli ma'lumot yoki iqrornomani olgunga qadar ruhiy va/yoki jismoniy azob

berishni buyurish.

 

Abdulaziz Kazimbayev

Yangiyo'l shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti