Янгиликлар
KONSTITUTSIYA – ERKIN VA FAROVON HAYOTIMIZ, MAMLAKATIMIZNI YANADA TARAQQIY YETTIRISHNING MUSTAHKAM POYDEVORIDIR
KONSTITUTSIYA – ERKIN VA FAROVON HAYOTIMIZ, MAMLAKATIMIZNI YANADA TARAQQIY YETTIRISHNING MUSTAHKAM POYDEVORIDIR
Davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan qomusnoma – bu Konstitutsiyadir.
1992 yil 8 dekabr kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimizning, davlatimizning dunyodagi mavqyei, istiqbolini huquqiy jihatdan mustahkamlagan va kafolatlagan muhim hujjat bo‘ldi.
Respublika mustaqillikni qo‘lga kiritgach, tabiiyki, buni konstitutsiyaviy asosda mustahkamlash zarurati tug‘ildi. Konstitutsiyada yangi davlatning maqsadi, suvereniteti, ichki va tashqi siyosiy tamoyillari, inson huquqlariga, demokratiyaning va ijtimoiy adolatning oliy maqsadlariga sodiqligi mustahkamlab qo‘yilmog‘i zarur yedi. Shuning barobarida, yangi Konstitutsiya o‘zbek davlatchiligi tarixiy tajribasini hisobga olishi, xalqaro huquqning umum tomonidan ye'tirof yetilgan me'yorlariga tayanishi, fuqarolar uchun munosib hayotni ta'minlashga asos bo‘lishi, barqaror bozor iqtisodiga asoslangan demokratik davlat, farovon jamiyat uchun huquqiy poydevor yaratishi kerak yedi.
Davlat o‘z huquqiy hujjati – Konstitutsiyasi bilan dunyo sahniga qadam qo‘yadi. Shu jihatdan har tomonlama mukammal va xalqaro standartlar talablariga to‘liq javob beradigan Asosiy qonunimizning yaratilishi xalqimiz hayotida ulkan tarixiy voqyea bo‘lishi bilan birga, ulug‘ maqsadlar sari sobit qadam tashlashida mustahkam huquqiy zamin bo‘ldi.
Shu o‘rinda Konstitutsiyamizning yaratilishi tarixiga bir nazar tashlasak. 90-yillar xalqimiz uchun qanday og‘ir sinovlar davri bo‘lgan. Lekin shunday murakkab bir davrda xalqimizning asriy orzusi bo‘lgan mustaqillik sari, uning huquqiy asoslarini yaratish va mustahkamlash yo‘lida dadil qadamlar qo‘yildi.
1990 yil 20 iyun kuni Mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilish jarayonida O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish taklifi ilgari surildi. Shu maqsadda Konstitutsiya komissiyasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov raisligida davlat arboblari, deputatlar, mutaxassislarni o‘zida jamlagan Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi.
Jahon tajribasini, demokratiya va yeng rivojlangan mamlakatlar konstitutsiyaviy qonunchiligi yerishgan yutuqlarni sinchiklab o‘rganish bilan bir qatorda milliy davlatchiligimizning ko‘p asrlik tarixi, xalqimizning o‘ziga xosligiga alohida ye'tibor qaratilgan holda komissiya tomonidan ikki yildan ortiq vaqt mobaynida Konstitutsiya loyihasi tayyorlandi.
Mazkur loyiha hamda rivojlangan davlatlar konstitutsiyalari normalari yonma-yon o‘rin olgan holda Konstitutsiya loyihasi 1992 yil
8 sentyabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda ye'lon qilindi.
Konstitutsiya loyihasi muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida yanada takomillashtirildi va keng jamoatchilik yekspertizasidan o‘tkazildi.
1992 yil 8 dekabr kuni Bosh qomusimiz qabul qilinib shu kundan ye'tiboran, 8 dekabr – umumxalq bayrami, deb ye'lon qilindi.
Bosh qomusimiz ulkan tarixiy ahamiyatga yega noyob hujjat bo‘lib, unda suviren davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim asoslari, inson huquqlariga demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat, fuqarolar tinchligi va hamda millatlararo totuvlikni ta'minlashga oid tamoillar mustaxkam o‘rin olgan. yeng muximi, uning qoidalari mamlakatimizda bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy islohatlar sari keng yo‘l ochdi.
Konstitutsiyamizning bunday hayotbaxshliligida uning normalarida xalqimizning ko‘p asrlik an'ana va qadriyatlari, boy tarixiy huquqiy merosiga tayanilganidir.
Qolaversa, asosiy qonunimiz ko‘plab demokratik davlatlarda konstitutsiyaviy qurulish sohasidagi ilg‘or tajribaning yeng yaxshi jihatlarini, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining normalari hamda mazkur sohadagi boshqa ilg‘or xalqaro hujjatlarga asoslangan inson huquq va manfaatlari, yerkinligini ta'minlash va himoya qilish mexanizimini o‘zida mujassam yetgani uning har jihatdan puxtaligini oshirish imkonini berdi.
Shu bois o‘tgan davr mobaynida mamlakatimiz konstitutsiyasi xalqimiz manfaatlarini har tomonlama himoya qilishga qodir, umume'tirof yetilgan demokratik qadriyatlarga to‘la javob beradigan, jamiyatda adolatni qaror toptirishga xizmat qiladigan asosiy hujjat yekani to‘la isbotlandi.
Shu bilan bir qatorda davr sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, mustaqilligimizning hamda insonlarning huquq va yerkinliklari hamda manfaatlarining chinakam kafolatiga aylandi. Qomusimizda birinchi navbatda, shaxs manfaati davlat manfaatidan ustun g‘oyasiga asos solingan bo‘lib, inson, uning huquq va yerkinliklari hamda manfaatlari yeng oliy qadriyat sifatida muhrlab qo‘yildi.
Konstitutsiya nafaqat huquq va yerkinliklarni mustahkamladi, balki ularni amalga oshirishning real imkoniyatlarini ta'minlash chora-tadbirlarini, kafolatlarini ham yaratdi. Xususan, hokimiyatlar bo‘linishi, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi so‘zsiz tan olinishi, demokratik huquq va yerkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinishi, har bir shaxsga o‘z huquq va yerkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kabilar kafolatlandi. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va yerkinliklari daxlsiz deb ye'lon qilinib, ulardan sud qarorisiz mahrum yetishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hyech kim haqli yemas, deb belgilab qo‘yildi.
Muxtasar aytganda, inson huquqlariga oid xalqaro prinsip va standartlarni o‘zida mujassam yetgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalari va prinsiplari milliy qonunchilik negizini tashkil yetdi hamda yurtimizda inson huquqlarini ta'minlash va himoya qilishning barqaror huquqiy asoslarini yaratishda mustahkam poydevor bo‘ldi.
Asosiy qonunimizda ye'tirof yetilganidek, inson, uning hayoti, yerkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
Abdulaziz Kazimbayev
Yangiyo'l shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti