Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

KONSTITUTSIYA – FAXRIMIZ, G‘URURIMIZ


KONSTITUTSIYA – FAXRIMIZ, G‘URURIMIZ

Konstitutsiyamiz mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning tinch-osuda, farovon hayotini ta'minlashning muhim asosidir. Uning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib yetish, aholi, ayniqsa, yoshlar ongu shuurida Vatanga sadoqat, qonunlarimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida o‘tkazilayotgan uchrashuv, davra suhbati, ochiq muloqot va boshqa madaniy-ma'rifiy tadbirlar yuksak samaralar bermoqda. “Inson huquqlari – yeng oliy qadriyat”, “Inson, uning qadr-qimmati, haq-huquqi oliy qadriyat”, “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori”, “Adolat – qonun ustuvorligida”, “Konstitutsiya va ma'naviyat mushtarakligi”, “Konstitutsiya – faxrimiz, g‘ururimiz” kabi mavzularda tashkil yetilayotgan tadbirlarga taniqli olimlar, huquqshunoslar, shoir-yozuvchilar, san'atkorlardan iborat ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot guruhlari jalb yetilgan.

"Konstitutsiya va milliy qadriyatlarimiz" mavzusida o‘tkazilayotgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda hayotimizda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar, qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarga Bosh qomusimiz huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotgani tushuntirilmoqda. Masalan, joriy yilning Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb ye'lon qilingani ham Asosiy qonunimiz bilan mamlakatimizda inson manfaatlarini ulug‘lashning huquqiy asosi yuksak darajada mustahkamlab qo‘yilganini keng namoyon yetdi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari tashkil yetilib, odamlarning dardi, o‘y-tashvishlari tinglanayotgani, muammolarni joyida hal yetish choralari ko‘rilayotgani buning tasdig‘idir. Konstitutsiyamizning ahamiyati barcha madaniy-ma'rifiy va boshqa tadbirlarda jonli misollar vositasida tushuntirilayotgani yurtdoshlarimizda bugunidan shukronalik, yertangi kunga ishonch tuyg‘usini mustahkamlamoqda.

 

Abdulaziz Kazimbayev

Yangiyo'l shahar Yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti