Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

KONSTITUTSIYA – VIJDON ERKINLIGI KAFOLATI


KONSTITUTSIYA – VIJDON ERKINLIGI KAFOLATI

Darhaqiqat, Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan vijdon yerkinligi har bir fuqaroga biror dinga ye'tiqod qilish yoki birorta dinga ye'tiqod qilmaslik huquqini kafolatlaydi. Ammo dunyoning hozirgi globallashuv jarayoni, ayniqsa, yoshlarni «ommaviy madaniyat» niqobi ostida yurtimizga kirib kelayotgan turli g‘ayriaxloqiy, buzg‘unchi g‘oyalar ta'siridan asrashni har qachongidan dolzarb vazifa qilib oldimizga qo‘ymoqda. Shu bois yoshlarning diniy bilimini boyitish, dunyoqarashini to‘g‘ri shakllantirishning ahamiyati tobora ortayotir.

Viloyatdagi barcha umumta'lim maktablari, oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar, jumladan, diniy oqimlarga qo‘shilib qolish holatlarining oldini olishga qaratilgan tarbiyaviy ishlarga alohida ye'tibor qaratilmoqda, – Ammo bu yo‘nalishdagi tarbiyaviy ishlar ko‘lamini faqat ta'lim muassasalari doirasida chegaralab bo‘lmaydi. Yoshlarning dunyoqarashi, tarbiyasini shakllantirishda ota-ona, qo‘ni-qo‘shni, mahalla-ko‘yning mas'uliyatini oshirish maqsadida sektorlar doirasida mahallalar, oilalardagi muhitni yaxshilashga ustuvor ahamiyat berilmoqda.

Bugun turli diniy yekstremistik oqimlar o‘zining buzg‘unchi g‘oyalarini tarqatishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanayotgani, yoshlar ongiga ta'sir o‘tkazuvchi internet sahifalari orqali yeng chekka hududlargacha yetib borayotganiga ye'tibor qaratish lozim.

 

Abdulaziz Kazimbayev

Yangiyo'l shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti